AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

  •   DiMaX
  •  1737
  •  25.11.2020 14:30

AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

Apple kompaniyasi 10 noyabr kuni bu yil kuzdagi uchinchi taqdimot marosimini o‘tkazgan edi. Korporatsiya unda o‘zining ARM-arxitekturali birinchi kompyuter protsessori – Apple M1 chipsetini va uning bazasidagi qurilmalarini ham namoyish qilgan.

O‘QING: Eski iPhone foydalanuvchilariga yomon xabar bor

Ushbu chipsetda ishlovchi yangi MacBook Air kuni kecha ommabop AnTuTu servisida tekshirib ko‘rilganligi ma’lum bo‘ldi. Laptopning samaradorlik ko‘rsatkichi hayratlanarli – bu benchmarkda hali million ballik ko‘rsatkich kuzatilmagan edi!

Shunday qilib, Apple M1 chipsetli noutbukning AnTuTu benchmarkidagi natijasi 1 119 243 ballni tashkil etdi. Bunda markaziy protsessorning samaradorligi 282 265 ballga baholangan bo‘lsa, grafik chipi 538 944 ball olgan. Benchmark uning tezkor xotirasi uchun 189 921 ball, foydalanuvchi interfeysi uchun bo‘lsa 108 113 ball qo‘ygan. Ta’kidlash kerakki, test iOS-ilova orqali o‘tkazilgan va shu boisdan benchmark bu laptopni iPad 8,6 sifatida qabul qilgan.

O‘QING: Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Shu bilan birga, internetda yangi MacBook Air samaradorligini iPad Pro 4 ko‘rsatkichlari bilan taqqoslangan diagramma ham tarqaldi. 7 nanometrlik Apple A12Z protsessori asosida ishlaydigan bu planshet benchmarkda «atigi» 755 294 ball olgan.

Apple M1 protsessori iPhone 12 turkumidagi smartfonlarda qo‘llangan Apple A14 Bionic chipsetidan deyarli 80 foizga tezkor ekan. Grafikasi bo‘yicha esa MacBook Air kompaniyaning yangi smartfonidan ikki yarim baravarga samaradorroq bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Apple iPhone 12 Pro Max'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!