AnTuTu'da yangi rekord o‘rnatildi

AnTuTu'da yangi rekord o‘rnatildi

Snapdragon 875 chipiga «Lahaina» deb kod nom berilgan. Ushbu chip kutilganidan ancha tez ishlashi mumkin. AnTuTu'da o‘tkazilgan dastlabki sinovda Snapdragon 875 chipi 847,000 ball to‘pladi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Yangi chip qayd etgan natija, hozirda 663,000 ball bilan AnTuTu reytingida yetakchi bo‘lgan Snapdragon 865'nikidan ancha yuqori.

SD875'ning benchmark sinovlaridagi ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi SD865'nikidan 25% yuqoriroqdir. Biroq Qualcomm'dagilar ushbu yutuqni nishonlashlaridan oldin chipni smartfonga o‘rnatilganda sinab ko‘rish va ushbu natija to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish kerak bo‘ladi.

Qiyos uchun, iPhone 12 bechmarkda 660,000, Kirin 9000 va Exynos 1080'lar esa mos ravishda 696,000 va 693,000 ball yig‘gan. Lekin bularning hech biri Snapdragon 875 ko‘rsatgan natijaga yaqin ham emas.

Qizig‘i shundaki, ayni damda AnTuTu'da eng yuqori ko‘rsatkichni egallab turgan chip Snapdragon 865 (865+ emas) chipidir. AnTuTu'dagilarning bunga izoh berishicha, smartfonning tezkor xotira sig‘imi va doimiy xotira konfiguratsiyasi yakuniy ballni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni agar smartfon yuqori sig‘imli UFS 3.1 xotira turiga ega bo‘lsa, bu unga o‘rnatilgan chipning kamchiliklari o‘rnini qoplashi mumkin.

Qualcomm o‘zining Snapdragon 875 chipini taqdim qilishini kutib qolamiz. Tafsilotlar uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro hafsalani pir qildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.