AnTuTu’ga ko‘ra eng kuchli Android-flagmanlar (2020 yil may)

  •   DiMaX
  •  1915
  •  02.06.2020 18:20

AnTuTu’ga ko‘ra eng kuchli Android-flagmanlar (2020 yil may)

AnTuTu jamoasi Android tizimli eng qudratli smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Unga Xitoydagi foydalanuvchilarning may oyida ushbu benchmarkdagi tekshiruvlari natijalari asos qilib olingan.

O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Mart oyi reytingida liderlikka erishgan Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani apreldagi ro‘yxatning ham yetakchisi bo‘lgan edi, bu gal ham shohsupadan tushmagan – 604 123 ball! U bilan birga taqdim etilgan «ini»si – OPPO Find X2 esa, 600 884 ballik natija ko‘rsatib, ikkinchi o‘rinni yana hech kimga bermagan. Kuchli uchlikni bu gal Xiaomi Mi 10 Pro flagmani 600 264 ball bilan yakunlab beryapti.

Keyingi o‘rinlarni tegishlicha Oppo Ace 2, iQOO Neo 3, Redmi K30 Pro Zoom Edition, iQOO 3, Realme X50 Pro, OnePlus 8 Pro hamda Vivo NEX 3S 5G modellari band etishgan.

Aytish kerakki, TOP-o‘ntalik faqatgina Qualcomm Snapdragon 865 protsessorli flagmanlardan iborat – reytingda Huawei kompaniyasining yoki unga qarashli Honor brendining birorta ham modeli yo‘q. Shuningdek, ro‘yxatda Samsung kompaniyasining Galaxy S20 turkumi flagmanlarini ham uchratmaymiz.

O‘QING: Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.