AnTuTu’ning yangi «qirol»ini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1034
  •  14.07.2020 11:54

AnTuTu’ning yangi «qirol»ini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Asus kompaniyasining uchinchi avlod geymerofoni – ROG Phone 3 avvalroq AnTuTu benchmarkida rekord o‘rnatgan edi. Lekin Lenovo o‘yinbop smartfoni – Legion ayni shu servisda uni yakson qilgan. Endi esa...

O‘QING: Jahondagi eng zo‘r ikkita Android-smartfon bir kunda chiqyapti!

Rasmiy namoyishidan oldin insayderlar videorolik Lenovo Legion flagmanining proshivkasi ishlashini ko‘rsatuvchi videolavhani tarqatishdi. Unda grfik qobiq interfeysidan tashqari, smartfonning batafsil xususiyatlari ham aks ettirilgan.

Unga ko‘ra, Lenovo Legion geymerofoni Qualcomm yaqindagina taqdim etgan flagman chipset – Snapdragon 865+ bazasida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi 6 gigabaytlik LPDDR5, ichki xotirasi esa 128 gigabaytlik UFS 3.0 standartidagi chiplardan iborat. Ekranida kadr yangilanish chastotasi 144 gerslik, qurilmaning o‘zi Android 10 asosida tayyorlangan ZUI 12 proshivkasiga ega.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Lenovo Legion rasmiy taqdimoti 22 iyulga belgilangan, ammo «barcha ko‘zlari belida» joylashgan bu smartfonning narxi hozircha sir tutilyapti.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, geymerofonning bazaviy modelidan tashqari, uning Pro-versiyasi ham chiqadi. Lenovo Legion Pro tezkor xotirasi 16 gigabaytlik, eng yangi – UFS 3.1 turidagi flesh-xotirasi esa 512 gigabaytlik bo‘ladi, deyishmoqda.

Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.Uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Smartfonni atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlovchi FlashCharge texnologiyasini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!