AnTuTu’ning yangi reytingi: eng qimmat iPhone 12 Pro Max atigi 6-o‘rinda! (2021 yil mart)

  •   DiMaX
  •  1048
  •  08.04.2021 13:34

AnTuTu’ning yangi reytingi: eng qimmat iPhone 12 Pro Max atigi 6-o‘rinda! (2021 yil mart)

Biz kuni kecha AnTuTu benchmarkiga ko‘ra mart oyidagi eng baquvvat Android-flagmanlar reytingini taqdim etgan edik. Mazkur servis jamoasi o‘rta narxli smartfonlarning TOP-o‘ntaligini ham e’lon qilgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

AnTuTu jamoasi endi iOS tizimli mobil qurilmalarning joriy yilning mart oyi holatiga ko‘ra samaradorlik reytingini taqdim qildi. Mazkur ro‘yxat ushbu davrida benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Apple smartfon va planshetlarining o‘rtacha (eng yuqori emas) natijalari asosida tuzilgan.

Ekranining o‘lchami 12,9 dyuymlik iPad Pro 3 plansheti ketma-ket to‘rtinchi oydirki, AnTuTu taxtidan tushgani yo‘q. Apple A12X protsessorli mazkur devays bu gal 727 861 ballik natija ko‘rsatgan. Kuchli uchlikka yana iPad Pro 4 planshetining 12,9 dyuymlik va 11 dyuymlik versiyalari kirgan. Apple A12Z mobil platformali bu qurilmalar tegishlicha 717 856 hamda 712 939 ball olgan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, ro‘yxatning birinchi yarmida birorta ham ayfon yo‘q – kompaniyaning eng kuchli smartfoni bo‘lmish iPhone 12 Pro Max ham zo‘rg‘a oltinchi pog‘onadan joy olgan. Uning ortidan iPhone 12 mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellari kuchli o‘nlikka kirgan.

Darvoqe, iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari qaysilari ekanligidan xabaringiz bormi?

O‘QING: Rekord darajadagi chegirma bilan iPhone 12 va iPhone 12 mini zo‘r sotilyapti