Apex Legends o‘yini birinchi kuniyoq Fortnite’dan o‘zib ketdi!

  •   DiMaX
  •  967
  •  07.02.2019 09:56

Apex Legends o‘yini birinchi kuniyoq Fortnite’dan o‘zib ketdi!

O‘yinlarga ixtisoslashgan Respawn Entertainment studiyasi o‘zining navbatdagi mahsuloti – Apex Legends’ni kutilmaganda e’lon qilib, tezda taqdim etib yuborgandi. Shuning o‘zi ham reklama kampaniyasidan ko‘ra yaxshiroq ish berdi.

O‘QING: PUBG kushandasi – bepul Apex Legends atigi 8 soatda bir millionlik ko‘rsatkichdan oshdi! (+video)

Rasman namoyish etilganidan keyingi sakkkiz soatda million nafardan oshiq geymerning nazariga tushgan Apex Legends keyin ham ommalashishda davom etdi. Respawn rahbarining o‘z Twitter-akkaunti orqali ma’lum qilishicha, bu o‘yinni 24 soatdayoq ikki yarim milliondan oshiq geymer o‘ynagan.

Shuningdek, Respawn Entertainment studiyasining ushbu yangi mahsulotini bir vaqtning o‘zida 600 ming nafardan oshiq geymer o‘ynamoqda. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: hozirda eng ommabop o‘yinlardan bo‘lgan Fortnite o‘z taqdimotidan bir kun o‘tibgina bir millionlik marrani zabt etgan. Shunday ekan, Apex Legends o‘z yo‘lini juda muvaffaqiyatli boshladi, deyish mumkin.

Respawn Entertainment dasturchilari bundan mamnunlar va allaqachon uning kontentini yangilab va yangi personajlar bilan boyitib borishni va’da qilishmoqda. Bundan tashqari, PUBG va Fortnite bilan raqobatlashish uchun, kelajakda ushbu o‘yinni Nintendo Switch, Android hamda iOS platformalariga mo‘ljallangan versiyalarini ham ishlab chiqishlari mumkin. Hozircha esa Apex Legends bepul asosda PlayStation 4, Xbox One hamda kompyuterlar uchun taqdim etilgan.

O‘QING: 18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!