Apex Legends o‘yini bo‘yicha ilk turnir: sovrin jamg‘armasi 200 ming dollar!

  •   DiMaX
  •  633
  •  08.02.2019 12:06

Apex Legends o‘yini bo‘yicha ilk turnir: sovrin jamg‘armasi 200 ming dollar!

Respawn Entertainment studiyasi yaqinda bepul Apex Legends o‘yinini taqdim etganidan xabaringiz bor. Dastlabki sakkiz soatdayoq bir millionlik marrani egallagan bu o‘yin keyin ham ommalashishda davom etmoqda.

O‘QING: Apex Legends o‘yini birinchi kuniyoq Fortnite’dan o‘zib ketdi!

Mazkur studiya endi Twitch videostriming servisi bilan hamkorlikda ushbu o‘yin bo‘yicha birinchi tanlovni joriy etdi. Apex Legends turnirining sovrin jamg‘armasi 200 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Ushbu musobaqada kibersportchilar emas, balki Yevropa va Shimoliy Amerikadagi 48 nafar mashhur strimer 16 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Turnir qoidalarida yozilishicha, g‘olib bo‘lish uchun maksimal miqdorda ball to‘plash kerak. Har bir yutgan o‘yini uchun jamoa 5 ochko oladi, har bir o‘ldirilgan dushman uchun bittadan ball to‘planib boradi.

Sovrin jamg‘armasida 200 ming dollar ajratilgan bo‘lsa-da, har bir hudud (Yevropa va Shimoliy Amerika) faqat 100 ming dollarnigina olib ketishi mumkin.

O‘QING: Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)

Shunday qilib, 200 ming dollarlik sovrin g‘oliblar o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-o‘rin – 8 000 dollar;
  • 2-o‘rin – 7 000 dollar;
  • 3-o‘rin – 6 000 dollar;
  • 4-o‘rin – 5,5 000 dollar;
  • 5-o‘rin – 5 000 dollar;
  • 6-o‘rin – 4,5 000 dollar;
  • 7-o‘rin – 3,5 000 dollar;
  • 8-o‘rin – 3 000 dollar.

Apex Legends turniri ikki bosqichda: birinchisi 12 fevralda, ikkinchisi esa 19 fevralda bo‘lib o‘tadi. Turnirni Twitch Rivals kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin bo‘ladi, shuningdek, ishtirokchilarning Twitch-kanallarida ham uzatiladi.

O‘QING: «ROBO CODERS 2019» tanlovida qatnashib, noutbuk va smartfonlar yutib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.