APL chempionini superkompyuter oldindan aniqlab berdi

  •   DiMaX
  •  1635
  •  30.01.2021 14:28

APL chempionini superkompyuter oldindan aniqlab berdi

Superkompyuter FiveThirtyEigh ma’lumotlari asosida Angliya premer-ligasining navbatdagi g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishini aniqlab berdi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Ronaldu rekordidan so‘ng Pele o‘z Instagram’ida gollari sonini oshirib qo‘ydi

Sun’iy intellekt hisob-kitoblariga qaraganda, joriy mavsumda «Manchester Siti» chempionlikni tantana qilishi kerak. Gvardiola shogirdlari «Liverpul»ni 12 ochkoga ortda qoldirishi taxmin qilinmoqda.

Amaldagi chempiondan ikki ochko kam jamg‘arishi kerak bo‘lgan «Manchester Yunayted» kuchli uchlikni yakunlab beradi. Kompyuter taxminiga ko‘ra, premer-ligani «Fulxem», «Sheffild Yunayted» va «Vest Bromvich» tark etadi.

Endi supermashinaning bashorati qanchalik to‘g‘ri chiqishini vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?