App Store bo‘yicha yilning eng yaxshi ilova, musiqa, film va o‘yinlari

  •   DiMaX
  •  2591
  •  09.12.2017 14:57

App Store bo‘yicha yilning eng yaxshi ilova, musiqa, film va o‘yinlari

Odatda har yilning oxiriga borib turli sohalarda yakunlar taqdim etiladi. App Store ilovalar do‘koni tahririyati ham iOS-ilovalar foydalanuvchilari orasida eng ko‘p ko‘chirib olingan o‘yinlar, ilovalar va musiqa albomlarini e’lon qilgan.

App Store’ga ko‘ra eng yaxshilari

App Store tahririyatining nuqtai nazariga ko‘ra, yakuniga yetayotgan yildagi to‘rtta asosiy trend quyidagilardir: to‘ldirilgan reallik ilovalari; ko‘p foydalanuvchilar o‘ynaydigan mobil o‘yinlar; meditatsiya va ruhiy sog‘lik ilovalari; mutolaa va hikoya qilish ilovalari.

Shunday qilib, App Store tahririyati iPhone’lar uchun 2017 yilning eng yaxshi ilovasi sifatida Calm dasturini, eng yaxshi o‘yini tarzida esa Splitter Critters o‘yinini tanlagan. Ta’kidlash o‘rinliki, Splitter Critters yaqinda eng yaxshi dizayn uchun AppStore mukofotini ham olgan. iPad’lar uchun eng yaxshi ilova tariqasida Affinity Photo fotomuharriri, eng yaxshi o‘yin sifatida esa The Witness tan olingan.

O‘QING: 2017 yilning eng ommabop va eng qiziqarli bepul Android-o‘yinlari

Foydalanuvchilarga ko‘ra eng zo‘rlari

iOS-qurilmalar ishlatuvchilar 2017 yilda eng ko‘p ko‘chirib olgan va ishlatgan ilovalar quyidagi suratda ko‘rsatilgan:

Apple qurilmalarida eng ko‘p foydalanilgan va yuklab olingan o‘yinlar esa mana bu suratda aks ettirilgan:

Filmlar, musiqalar va boshqalari

iOS-gadjetlar uchun Dreykning «More Life» musiqiy albomi 2017 yilda eng mashhur bo‘ldi. Apple ishqibozlari orasida Ed Shiranning «Shape of You» qo‘shig‘i eng ko‘p ommalashdi.

2017 yilda iTunes’dagi eng ommabop film «Yulduzlar janglari: Yakka Qochqin» (Rogue One: A Star Wars Story) bo‘lsa, «Taxtlar jangi» (Game of Thrones) seriali eng ko‘p tomosha qilingan.

O‘QING: 2017 yilgi eng ommabop videolar: taycha raqs, labini qimirlatmay gapiruvchi qizcha va Tramp inauguratsiyasiga parodiya!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!