App Store’da «tubdan tozalash» o‘tkazishadi

  •   DiMaX
  •  1329
  •  18.09.2017 11:52

App Store’da «tubdan tozalash» o‘tkazishadi

Apple kompaniyasi o‘zining App Store ilovalar do‘konida «tubdan tozalash» ishlarini o‘tkazmoqchi. Bu haqda SlashGear nashri xabar bergan.

Ertaga – 19 sentyabrda iOS 11’ning yakuniy talqini taqdim etiladi. Bu versiya endi 32 bitli ilovalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. App Store’da esa bunday dasturlar soni 200 mingga yaqin, ular endi do‘kondan olib tashlanadi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya App Store’ga ilova joylashni istagan dasturchilar uchun tavsiyalarini ham yangiladi. Kompaniya unda, foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi ilovalarni taqiqlagan.

Xususan, qurilmada viruslar bor-yo‘qligini yolg‘ondakam tekshiruvchi dasturlarga Apple alohida e’tibor qaratgan. Kompaniyaning yangi qoidalari amalda taqdim etilmaydigan kontent yoki xizmatlarni o‘z ichiga olgan ilovalarni butkul taqiqlaydi.

Yangi qoidalarini buzganlik uchun Apple ilovani App Store’dan o‘chirib tashlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.