App Store do'koni iOS uchun ilovalar yuklab olinadigan yagona maskan bo'lib qolmaydi

App Store do'koni iOS uchun ilovalar yuklab olinadigan yagona maskan bo'lib qolmaydi

Ma'lumki, iOS foydalanuvchilari ilovalarni faqat App Store do'konidan yuklab olishadi, lekin bu tez orada o'zgarishi mumkin. Bloomberg nashrining xabar berishicha (The Verge orqali), Apple uchinchi tomon ilovalar do'konlariga ruxsat beradi.

Ma'lum bo'lishicha, kupertinolik kompaniyaning bu rejalariga Yevropa Ittifoqining "Raqamli bozorlar to'g'risidagi qonuni" sabab bo'lmoqda yoxud 2024-yil 6-martdan kuchga kiradigan ushbu qoida "raqamli yo'lto'sarlar" boshqalarga bozor uchun yo'l ochib qo'yishi ta'minlanishini talab qiladi.

Qolaversa, qonunga ko'ra, Apple nafaqat uchinchi tomon ilovalar do'konlariga, balki ilovalarni foydalanuvchilarning o'zlari to'g'ridan-to'g'ri qurilmaga o'rnatishlariga ruxsat berishi kerak, xuddi Android smartfonlarida APK fayllar orqali ilova va o'yinlarni o'rnatish mumkin bo'lganidek.

O'QING: Xiaomi rahbari iPhone 14 Pro va Xiaomi 13 smartfonlarini taqqosladi