App Store va Google Play Store damini olsin! Tesla o‘zining ilovalar do‘konini chiqaradi!

App Store va Google Play Store damini olsin! Tesla o‘zining ilovalar do‘konini chiqaradi!

Tesla o‘zining Apple va Google ilovalar do‘koni o‘xshashini tayyorlayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Yangi ilovalar do‘koni Tesla elektromobillari egalariga ilovalarni yuklab olish va o‘rnatishda yordam beradi. 

Kompaniya investori Soyer Merritt o‘zining Twitter sahifasida marhum Stiv Jobs'ning App Store'ni taqdim qilayotgani videosini retvit qildi va unga javoban "Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda xuddi shunday narsa T bilan boshlanadigan to‘rtta g‘ildirakli narsaga ham keladi" deya tvit qoldirdi. 

Qisqa vaqt ichida xabarni Tesla sayohatlarini kuzatuvchi ilova Teslascope ham retvit qildi va kompaniya may oyidan beri App Store'ga o‘xshagan ilovalar do‘koni ustida ishlayotgani va u Cybertruck'dan oldin chiqarilishini aytdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Ilon Mask Tesla ilovalar do‘koni chiqarilishini yaqinda bo‘lib o‘tgan daromadlar bo‘yicha suhbat davomida e’lon qilishi kerak edi, ammo bu sodir bo‘lmadi va bundan bilish mumkinki, ilovalar do‘koni chiqarilishi keyinga surilgan. 

Ilon Mask hozircha bu mavzuda hech nima demadi, lekin u 1-fevral kuni o‘zining Twitter sahifasida "Tesla mashina hamda apparat ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lgani kabi dasturiy ta’minot kompaniyasi hamdir" degan edi.

O‘QING: Ilon Maskning sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish uchun mo‘ljallangan yangi tarifi odatdagidan besh barobar qimmatroq bo‘lib chiqdi