Apple 10 yilda nechta iPhone sotganini ma’lum qildi

Apple 10 yilda nechta iPhone sotganini ma’lum qildi

Apple 1 iyulda yakunlangan 2017 yilning 3-moliyaviy choragiga oid hisob-kitoblarni ma’lum qildi. 2016 yil bilan solishtirib ko‘rganda, daromad 7% ga oshib, 45,4 milliard dollarni tashkil qildi.

2017 yilning mazkur choragida Apple 41 milliondan ko‘proq iPhone smartfonidan sotgan. Bu 2016 yilning shu davridagi savdoga nisbatan 2% ga ko‘p degani.

Tim Kukning ma’lum qilishicha, Apple ayfon brendini sotuvga chiqarganidan boshlab, ya’ni 10 yil ichida umumiy miqyosda 1,2 milliard dona iPhone sotganini ma’lum qildi. Hozircha iPhone 7 eng yaxshi sotilayotgan mobil aloqa vositasi bo‘lib turibdi.

Joriy chorakda iPad savdosi 15% ga oshgan. Aytish joizki, bu 2014 yildan boshlab planshet savdosida kuzatilgan ilk o‘sish bo‘lgan. 3-moliyaviy chorakda Apple 11,4 million dona iPad sotgan.

Apple, shuningdek bu davrda 5,6 milliar dollarlik Mac kompyuterlarini sotgan. Kompyuter savdosi 1% dan oshgan.

Apple Watch savdosidagi o‘sish yuqori -- 50%. Kompaniya bu gal ham aniq necha dona Apple Watch sotilganini aniq gapirmadi. App Store, Apple Pay, iCloud va Apple Music kabi xizmatlarning daromadi 22% ga oshib, 7,27 milliard  dollarni tashkil qilgan. Apple TV, Apple Watch, Beats, iPod va aksessuarlarni sotishdan kelib tushgan daromad 23% ga ko‘tarilib, 2,74 milliard dollarga yetgan.

Boshqa mahsulot va xizmatlardan kompaniya 2,7 milliard dollar ishlab olgan va bu mablag‘ avvalgisidan 23% ga ko‘p. 

Apple hisobidagi mablag‘ miqdorini 261,5 milliard dollar deb e’lon qilgan va 4-moliyaviy chorakdagi savdo hajmi 49-52 milliard dollarga o‘sishini umid qilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!