Apple 10.5 dyuymlik quyi toifa iPad tayyorlayapti

Apple 10.5 dyuymlik quyi toifa iPad tayyorlayapti

Apple sentyabr oyida 10.2 dyuymlik quyi toifa iPad'ni taqdim qilgandi. Endigi xabarlarga ko‘ra esa, 2021-yilning boshida ushbu devaysning yangilangan, Apple A13 Bionic chipida ishlovchi 10.5 dyuymlik talqinini namoyish qiladi.

Xabarda yana aytilishicha, to‘qqizinchi avlod iPad'ning korpusi ingichka va yengilroq bo‘ladi, biroq umumiy dizayn joriy versiya iPad'nikidan deyarli farqlanmaydi. Taxminlarga ko‘ra, Apple 2019-yilgi iPad Air'ning forma faktoridan foydalanishi mumkin, sababi ushbu qurilma ham yengil, ham ingichka edi.

Yangi, to‘qqizinchi avlod iPad 4GB tezkor, bazaviy 64GB doimiy xotiraga ega bo‘lishi, old pastki qismda eski Touch ID uy ekrani tugmasini saqlab qolishi mumkin. Narxi 299 dollardan boshlanishi kutilmoqda. Qiyos uchun, hozirgi versiya quyi toifa iPad narxi 329 dollardan boshlanadi.

O‘QING: 6 yoshli bolakay o‘yinlar uchun 16 ming dollar sarflab yuborgani ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!