Apple 20 aprelda marosim o‘tkazishini tasdiqladi

Apple 20 aprelda marosim o‘tkazishini tasdiqladi

Kuni kecha Siri Apple'ning keyingi marosimi 20 aprelda ekani haqida ma’lumot sizdirgan edi. Endi esa kupertinolik kompaniya buni tasdiqlagani holda 20 aprel kuni Spring Loaded marosimini o‘tkazishini ma’lum qildi.

Marosim Kupertinodagi Apple Park'dan jonli ravishda Apple.com sayti va YouTube'da Toshkent vaqti bilan 22:00 da efirga uzatiladi.

Apple'ning marketing bo‘yicha katta Vitse-prezidenti Greg Xosviyak o‘zining Twitter akkauntiga tizer video yukladi. Videoda ko‘rinishidan qalamda chizilgan Apple logotipi aks etgan. Bundan marosimda yangi Apple Pencil (qalam) namoyish qilinishini taxmin qilish mumkin.



Kelasi hafta o‘tkazilajak tadbirda mini-LED displey va A14X chipiga ega yangi 12.9 dyuymli iPad Pro ham ommaga namoyish qilinishi kutilmoqda. 11 dyuymli iPad Pro'ning yangilangan talqini, yangi iPad Mini, yangi AirPods hamda AirTags kabilar haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

Barchasini bir necha kundan so‘ng bilib olamiz. Tafsilotlarni #SpringLoaded heshtegi orqali biz bilan kuzatib boring.

O‘QING: Endi namoyish etiladigan iPad Pro va iPad mini 6 ilk «jonli» suratlarda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!