Apple 5G’da ishlaydigan iPhone yaratishga kirishdi

Apple 5G’da ishlaydigan iPhone yaratishga kirishdi

Apple aloqaning 5G simsiz texnologiyasini sinab ko‘rishni boshladi. iPhone smartfoniga mo‘ljallangan tarmoq mobil aloqada yuqori tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Bu to‘g‘rida Business Insider nashri xabar bermoqda.

AQShning Federal aloqa komissiyasi (FCC) Apple’ning millimeter wave nomli yangi simsiz texnologiyani sinab ko‘rish bo‘yicha bergan arizasini e’lon qildi. Bu texnologiyaning “5G” aloqa tarmog‘ining muqobili ekani aytilmoqda. Yangi aloqa tarmog‘i keyingi avlod simsiz internet xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Rusbase nashriga ko‘ra, Apple tajriba doirasida Wi-Fi signalini soniyasiga 1 gigabayt tezligida qabul qilish texnologiyasini ishlab chiqishni maqsad qilgan Starry startapini amalga oshiradi. Ilk tajriba jarayonlari Kupertinoda bo‘lib o‘tadi. Bu tajriba jarayonlari uzog‘i bilan 1 yil davom etadi.

Apple’ning ma’lum qilishicha, loyiha davomida mobil aloqa stansiyasining to‘lqin tarqatishi va uni shu diapazonda qabul qilayotgan qurilmaning signalni qabul qilish samaradorligi yaqindan o‘rganiladi. O‘rganishlar chog‘ida to‘plangan ma’lumotlar 5G texnologiyasida ishlaydigan qurilmani yaratish uchun asos bo‘ladi.

Yuqori chastota va qisqa to‘lqin evaziga 5G texnologiyasi ma’lumotlar o‘tkazish tezligini oshirib, uzilishlarni bartaraf qiladi. Shuningdek, bunday aloqaga mo‘ljallangan qurilmalarda antenna hajmini mustaqil belgilash ham mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!