Apple 9,7 dyuymli arzon iPad ishlab chiqaradi

Apple 9,7 dyuymli arzon iPad ishlab chiqaradi

2017 yilning so‘nggiga kelib, kupertinolik korporatsiya har chorakda 10 million dona planshet sotmoqda. Apple planshet bozoridagi o‘rnini yo‘qotmaslik uchun qimmat bo‘lmagan planshet ishlab chiqarishga qaror qilgan. Bu to‘g‘rida DigiTimes nashri xabar tarqatmoqda.

Arzon iPad taqdimoti 2018 yilning 2-choragida kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hamyonbop iPad qurilmasining ekran diagonali 9,7 dyuymli bo‘ladi. Uning narxi 259 dollarni tashkil qiladi. Bunday narx siyosati kompaniyaga mijozlar sonini keskin oshirish imkonini beradi.

Qimmat bo‘lmagan planshetning ishlab chiqarilishi Apple'ga bozordagi Samsung Electronics, Amazon, Huawei va Lenovo kabi jiddiy raqiblarga qarshi kurashishda qo‘l keladi.

So‘nggi vaqtlarda planshet savdosi pasayishda davom etmoqda. Jumladan, iPad, Android-gadjetlarga qiziqish sezilarli darajada kamaygan. Intel ham uning protsessorlarini planshetlarda o‘rnatayotgan ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasini to‘xtatib qo‘ydi. Planshet ishlab chiqaruvchi mayda kompaniyalar esa bu sohani tark etishmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!