Apple AirPods – chinakam simsiz gadjet

Apple AirPods – chinakam simsiz gadjet

Kechagina iPhone 7 va iPhone 7 Plus taqdimotida Apple 3,5 millimetrli audio slotni “o‘ldirdi”. Xo‘sh, endi qanday qilib musiqa tinglaymiz?! Kompaniya hali-hamon oddiy standart naushniklarni yangi slotga maxsus adapter orqali ulash imkoniyatini saqlab qolgan. Biroq, “olma” bundan-da yaxshi variantni o‘z muxlislariga taklif etmoqda. Albatta, qo‘shimcha to‘lov evaziga. Gap ayni vaqtda kechagi taqdimotda namoyish etilgan AirPods simsiz naushnigi to‘g‘risida bormoqda.

Foydalanuvchilar ushbu gadjetni  iOS 10, watchOS 3 yoki macOS Sierra dasturida ishlaydigan Apple qurilmalariga shunchaki gadjet g‘ilofini ochish va ulash tugmasiga bosish orqali ulashlari mumkin.

AirPods naushniklari audio va simsiz bog‘lanishni ta’minlaydigan W1 chipiga ulangan holda ishlaydi. Bunda Bluetooth texnologiyasi haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Har bir naushnikka interllektual funksiyalarni bajarishi uchun akselleroter va optik sensorlar o‘rnatilagan. Masalan, ularni quloqdan olganingizda musiqa ijrosi avtomatik tarzda to‘xtatiladi. Naushniklarga mikrofon ham o‘rnatilgan. Ular orqali telefonda suhbatlashish va Siri servisidan foydalanish mumkin.

Gadjetning narxi – 159 dollar va u oktyabr oyida sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.