Apple AirPods Lite ustida ishlamoqda (+narxi ma'lum bo'ldi)

Apple AirPods Lite ustida ishlamoqda (+narxi ma'lum bo'ldi)

Bugun kunda Apple ikkinchi avlod AirPods'dan tortib, yanada rivojlangan AirPods Max'gacha bo'lgan to'rt xil AirPods simsiz quloqchinlarini sotadi. Garchi AirPods dunyodagi eng mashhur simsiz quloqchinlardan bo'lsa-da, ular unchalik arzon emas. Biroq, Haitong International Tech Research tahlilchisi Jeff Puning so'zlariga ko'ra, kompaniya endi arzonroq simsiz quloqchinlar bilan raqobat qilish uchun yangi "AirPods Lite" nomli yangi mahsulot ustida ishlamoqda.

Afsuski, hozircha uning texnik xususiyatlari haqida ma'lumotlar mavjud emas, lekin tahlilchimizning aytishicha uning narxi bozordagi boshqa xitoylik taniqli smartfon ishlab chiqaruvchilarining simsiz quloqchinlari bilan raqobatlashish uchun ancha arzon bo'ladi. 2021-yilda AirPods 3 sotuvga chiqarilishi bilan Apple oldingi avlod AirPods 2'ni do‘konlarda 129 dollar narxda saqlab qoldi, AirPods 3 esa 169 dollar turadi. Taxminlarga ko'ra, AirPods qatorining mutlaqo yangi modeli – AirPods Lite 129 dollardan arzonroq, ehtimol 99 bo'lishi mumkin.

Shuningdek, yana bir taniqli Apple tahlilchisi, Ming Chi Kuo ham ushbu xabarlarni tasdiqladi va qo'shimchasiga AirPods Max'ning yangilangan versiyasi ham "yo'lda" ekanligini aytdi.

Kuoning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi AirPods'larni Apple 2024-yilning ikkinchi yarmida chiqarishni reja qilgan. Biroq, bu vaqt jadvali 2025-yilgacha ham cho‘zilishi mumkin.

O'QING: Barcha iPhone 15 modellari dinamik orolga ega bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.