Apple AirPods Pro 2 - yangilangan flagman quloqchin

Apple AirPods Pro 2 - yangilangan flagman quloqchin

Apple va nihoyat o‘zining AirPods Pro quloqchinini yangiladi. H2 chipi bilan jihozlangan AirPods 2 Pro quloqchini past distorsiyali drayver va kuchaytirgichlarga ega. Quloqchin dizayni o‘zgarmagan.

Fazoviy ovoz - ushbu funksiya iPhone'ning TrueDepth sensori yordamida foydalanuvchining yuz hamda quloqlarining hajmini aniqlab, har bir foydalanuvchini o‘ziga xos bo‘lgan ovoz effektlari bilan ta’minlaydi. 

Optimallashgan mikrofon joylashuvi sabab faol shovqinni bekor qilish funksiyasi yanada yaxshilandi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi quloqchin birinchi avlod AirPods Pro'ga qaraganda shovqinni ikki barobar yaxshiroq bartaraf etadi. 

Adaptive transparency - bu yangi quloqchindagi yangi rejim bo‘lib, atrofdagi yuqori desibelli shovqinni aniqlab, uni bartaraf etishni boshlaydi. Force sensori bilan endi ovoz boshqaruvlarini yanada osonroq boshqarish mumkin. 

Quloqchin to‘liq quvvat bilan 6 soat ishlaydi. Quti esa quloqchinni 30 soatgacha yetadigan quvvat bilan ta’minlaydi. Qutini yo‘qolib qolsa uni “Find My“ servisi orqali topish mumkin. Shuningdek, qutiga maxsus dinamik o‘rnatilgan bo‘lib, ovoz orqali ham uni topish imkoniyati yaratildi. 

Qutini Lightning porti, Apple Watch quvvatlagichi yoki MagSafe bilan quvvatlash mumkin. Apple AirPods Pro 2 quloqchinining narxi 249 dollarni tashkil qiladi. Unga oldindan buyurtma berish 9 sentyabrdan boshlanadi, 23 sentyabr sanasida esa rasman sotuvga chiqadi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro va 14 Pro Max - yangiliklar yetarlicha 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!