Apple aksiyalari rekord darajada qimmatlashdi, lekin sababi smartfon emas!

  •   DiMaX
  •  1025
  •  26.12.2020 14:23

Apple aksiyalari rekord darajada qimmatlashdi, lekin sababi smartfon emas!

Kupertinolik korporatsiyani ko‘pchilik aynan iPhone tufayli mashhur, deb biladi, biroq aslida unaqa emas. Xususan, shu kunlarda Apple aksiyalari qimmatlab ketganiga smartfonlarning umuman aloqasi yo‘q.

O‘QING: Apple’dan 13 yil avval kim smartfon yaratgandi?

Kuni kecha biz Apple kelasi yilda iPhone 13 bilan birga o‘zining elektromobilini ham namoyish etishi mumkinligi haqida yozgan edik. Insayderlar kompaniyaning ichki hujjatlarini qo‘lga kiritishgan – ularda Apple Car ustidagi ishlar ham eslab o‘tilgan.

Xuddi shu xabarlardan so‘ng korporatsiyaning aksiyalari narxi oshib ketgan, natijada Apple bozor kapitalizatsiyasiga yana 102 milliard dollar qo‘shilgan. Foiz hisobida esa qaraganda, aksiyalar 4,7 foizga qimmatlashgan.

Elektrokar haqidagi xabar hali rasman tasdiqlanmaganligini hisobga olsak, bu qimmatlashuv – katta o‘sish, tag‘in atigi ikki kunda!

O‘QING: Apple hatto Tesla’ga egalik qilishi mumkin edi, lekin Tim Kuk...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!