Apple allaqachon arzonlashtirilgan iPad 2018’larni sota boshladi!

  •   DiMaX
  •  1121
  •  30.11.2018 15:51

Apple allaqachon arzonlashtirilgan iPad 2018’larni sota boshladi!

Kupertinolik texnogigant joriy yilning 30 oktyabr kuni ikkinchi kuzgi taqdimotini o‘tkazgandi. Unda MacBook Air noutbuki, Mac mini stol kompyuteri, ikkita modeldagi iPad Pro planshetlari hamda iOS 12.1 operatsion tizim talqinini rasman namoyish etilgan edi.

O‘QING: Apple yangilangan MacBook Air, Mac mini, iPad Pro va iOS 12.1’ni taqdim etdi (+videolar)

Apple rasmiy saytidagi qayta tiklangan gadjetlar sotiladigan bo‘limda allaqachon bu yilgi planshet paydo bo‘ldi. Bu – ekrani diagonaliga 9,7 dyuymlik iPad 2018 modelining turli konfiguratsiyalardagi variantlaridir. Zavodda ta’mirlangan ushbu aypadlar yangilariga nisbatan 14–15 foizga arzonlashtirilgan.

Qayta tiklangan iPad Pro 2018 barcha modifikatsiyalarda va barcha ranglarda rasman sotuvga qo‘yilgan. Apple saytida turli konfiguratsiyalariga quyidagi narxlar belgilangan:

  • iPad 32 GB/Wi-Fi – 279 dollar (yangisi – 329 dollar).
  • iPad 128 GB/Wi-Fi – 369 dollar (yangisi – 429 dollar).
  • iPad 32 GB/Wi-Fi + Cellular – 389 dollar (yangisi – 459 dollar).
  • iPad 128 GB/Wi-Fi + Cellular – 479 dollar (yangisi – 599 dollar).

O‘QING: Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Apple’ning zavodda ta’mirlab qayta savdoga chiqarilgan barcha qurilmalarida batareya, korpus hamda displey yangi bo‘ladi. Qayta tiklangan iPad’lar yangi qadoqda, yangi hujjatlar bilan sotiladi. Ularning barchasiga butun dunyo bo‘yicha bir yillik kafolat beriladi.

Ammo qayta tiklangan ushbu planshetlar faqatgina AQSh hududida shu shartlar asosida sotiladi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa yangi (qayta tiklangan emas) iPad’larni onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: AQSh va Xitoy savdo jangi tufayli iPhone qanchaga qimmatlashiga Donald Tramp oydinlik kiritdi