Apple allaqachon buklama iPhone uchun Samsung’ga qayishqoq displey buyurtma qildi!

  •   DiMaX
  •  498
  •  11.09.2020 14:07

Apple allaqachon buklama iPhone uchun Samsung’ga qayishqoq displey buyurtma qildi!

Hozirgacha bir necha kompaniya o‘zining qayishqoq ekranli buklama smartfonlarini taqdim etgan. Ular safiga Apple ham qo‘shilishi haqida anchadan beri mish-mishlar yuribdi.

O‘QING: Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

Ishonchli insayder Ice Universe xabariga ko‘ra, kupertinolik korporatsiya Samsung bilan bir yillik eksklyuziv shartnoma tuzib, katta partiyada egiluvchan displeylar buyurtma qilgan. Bitim shartlariga ko‘ra, janubiy koreyaliklar boshqa smartfonsozlarga bunday ekran sotishmaydi.

Xabarlarga ko‘ra, buyurtma qilingan displey o‘z shakliga ko‘ra Galaxy Z Fold 2 smartfonining ekraniga o‘xshash. Shunga qaraganda, Apple o‘zida ham smartfon, ham planshet funksiyalarini birlashtiruvchi gibrid gadjet tayyorlayapti.

Aytish kerakki, Apple «raskladushka» ayfon chiqarmoqchi ekani, ammo Samsung’dan cho‘chiyotgani ancha avval ma’lum bo‘lgan. Bultur esa ham iPhone, ham iPad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlari tarqalgan.

O‘QING: Videotest: 4 GB «operativka»li iPhone 11 Pro Max tezkormi yoki 12 GBlik Galaxy Note 20 Ultra?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!