Apple anchadan beri tayyorlayotgan bestsellerini yopiq taqdimotda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1712
  •  12.11.2019 17:15

Apple anchadan beri tayyorlayotgan bestsellerini yopiq taqdimotda ko‘rsatdi

Kupertinolik korporatsiya to‘ldirilgan borliq hamda aralash reallik texnologiyalariga ega ko‘zoynak tayyorlayotgani haqida bulturdan beri xabarlar tarqalgan. Apple hatto bu sohadagi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun, garchi o‘zi ishtirok etmasa-da, CES 2019’ga o‘z mutaxassislarini «josus tarzida» jo‘natgan. Lekin...

O‘QING: Apple eng kutilayotgan innovatsion devaysini umuman chiqarmaydigan bo‘ldi!

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple yana bu borada o‘z fikrini o‘zgartirgan va o‘tgan oyda o‘z xodimlari bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazgan. Korporatsiya unda o‘zining to‘ldirilgan borliq (AR) garniturasi hamda yanada takomillashgan AR-texnologiyali ko‘zoynagi yo‘nalishidagi rejalarini bayon etgan.

Yig‘ilishda Apple vitse-prezidenti Mayk Rokvell (Mike Rockwell) kompaniyaning boshqa rahbarlari ishtirokida namoyish qilgan. Unda yangi AR-garnituraning dizayni hamda o‘ziga xosliklari ko‘rsatib berilgan. Ta’kidlash o‘rinliki, Rokvell aynan to‘ldirilgan va virtual borliq yo‘nalishidagi tadqiqotlar bo‘yicha Apple jamoasining rahbaridir.

Avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, kutilayotgan innovatsion ko‘zoynak Apple Glasses (yoki Apple Glass) deb nomlanishi mumkin. Maxfiy yig‘ilishda aytilishicha, AR-garnitura 2022 yilda taqdim etiladi, bir yil o‘tib esa Apple o‘zining «aqlli» ko‘zoynagini namoyish qiladi.

O‘QING: Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!