Apple aqldan ozdi - endi “Oskar”ni ham olmoqchi!

Apple aqldan ozdi - endi “Oskar”ni ham olmoqchi!

Apple kompaniyasi “Oskar” olishni ko‘zlagan. Shu maqsadda kompaniya rahbariyati oltita film suratga olishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 2019 yilning oxiriga kelib Apple TV+ videoservisi ishga tushadi. Rejaga ko‘ra, striming servisi taniqli aktyorlar ijrosida, mashhur rejissyorlar tomonidan yaratilgan original kontentlarni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq, Apple bir nechta serial suratga olishi haqida aytilgandi. Endi esa, to‘liq metrajli film suratga olish haqida gap ketmoqda. Korporatsiya ichki bo‘limi bayonotiga ko‘ra, oltita filmdan har birining byudjeti 5 mln. dan 30 mln. gacha borishi mumkin.  Filmlar aynan “Oskar” mukofotiga ega bo‘lish maqsadida suratga olinadi.

Ayni damda kinotasmalar yaratish maqsadida mutaxassislarni ishga olish jarayoni boshlab yuborilgan. Ammo, birinchi film premerasi qachon bo‘lishi hozircha noma’lum. OAV dagi fikrlarga ko‘ra, kompaniyaning haykalchani olish maqsadi Netflix tomonidan yaratilgan “Roma” filmining muvaffaqiyatlaridan so‘ng paydo bo‘lgan.

O‘QING: Isroilliklar istalgan iPhone va Android-smartfon himoyasini buzuvchi qurilma yaratishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!