Apple yangi aqlli soati bilan termometrga xayr deymiz!

Apple yangi aqlli soati bilan termometrga xayr deymiz!

Apple o'zining Watch Series 7 smartsoatlarini taqdim qilganiga endigina olti oy bo'lganiga qaramay, internetda allaqachon uning davomchisi haqida ma'lumotlar tarqalib ulgurdi. Mish-mishlarga ko'ra, kompaniyaning yangi aqlli soatlariga tana haroratini o'lchay oladigan sensor qo'shilishi mumkin.

Taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuoning aytishicha, kupertinoliklar termometr xususiyatini Watch Series 7 qatoriga qo'shmoqchi bo'lishgan, lekin algortimlar Apple talablariga javob bermagach kompaniya bu fikrdan qaytgan.

"Tana haroratini aniq o'lchashni amalga oshirishdagi qiyinchilik shundaki, terining harorati tashqi muhitga qarab tez o'zgaradi. Aqlli soat apparat nuqtai nazaridan asosiy haroratni o'lchashni qo'llab-quvvatlamaydi, shuning uchun u birgalikda ishlash uchun mukammal algoritmga muhtoj." deydi tahlilchi Kuo.

Shunday qilib, agar Apple algoritmlarni yuqori darajada to'g'ri ishlashiga erisha olsa, biz 2022-yil ikkinchi yarmida taqdim qilinishi kutilayotgan Watch Series 8 smartsoatlari bilan o'z tana haroratimizni o'lchay oladigan bo'lamiz.

Shuningdek, Kuoning so'zlariga qaraganda, Samsung ham xuddi shunday qiyinchilikka duch kelmoqda va shu sabab kompaniyaning yangi avlod Galaxy Watch aqlli soatlari termometr xususiyatiga ega bo'lmasligi mumkin.

O'QING: Galaxy Watch 5 seriyasida Classic modelni ko'rmasangiz hayron bo'lmang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.