Apple AQShda 2 millionta ish o‘rni yaratganini aytdi

Apple AQShda 2 millionta ish o‘rni yaratganini aytdi

Apple 3 may kuni Amerikada ish o‘rnilariga bag‘ishlangan sahifasini 2016 yilga oid ma’lumotlar bilan yangiladi. Korporatsiya rahbari Tim Kukning ma’lum qilishicha, Apple yang ishchi o‘rnilarini yaratish uchun 1 mlrd AQSh dollari sarflash rejasida. Buning uchun alohida jamg‘arma tashkil etiladi.

Apple AQShning hozirgi prezidenti boshqaruvi bilan yaxshi chiqishmoqda hamda AQShda apparat ta’minot tizimlarini ishlab chiqarishga salmoqli sarmoya kiritgan. Misol uchun, 2013 yilda boshlab Texasda ishlab chiqariladigan Mac Pros devaysi to‘liq Amerikada ishlab chiqarilgan butlovchi qismlardan tayyorlanadi.

Apple taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugunga qadar brend sa’y-harakatlari bilan AQShning o‘zida 2 milliondan ziyod kishi ishli bo‘lgan. 2016 yilning o‘zida $50 milliard dollar evaziga 90,000 amriqolik ish bilan ta’minlangan ekan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri Apple’ning o‘zida va do‘konlarida ishlaydigan xodimlar soni 2016 yilda 80 mingga yetgan.

Apple qayd etishicha, App Store onlayn ilovalar do‘koni hozirda 1,530,000 nafar odamga daromad keltirmoqda. Bu 1 yil avvalgiga qaraganda deyarli 150 mingga ko‘p. App Store ishga tushgan 2008 yildan boshlab AQShlik dasturchilar bu do‘kon orqali $16 mlrd dollar ishlab topishgan. Buning 39 foizi xorijdan kelgan mablag‘.

Apple shuningdek, iPhone, iPad, Mac, Apple Watch va Apple TV kabi asosiy mahsulotlarining butlovchi qismlari amerikalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilishini ma’lum qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!