Apple asoschisi bitkoin mojarosi sababli YouTube’ni sudga berdi

  •   DiMaX
  •  544
  •  24.07.2020 17:32

Apple asoschisi bitkoin mojarosi sababli YouTube’ni sudga berdi

Stiv Jobs bilan birgalikda 1976 yili Apple kompaniyasiga asos solgan Stiv Voznyak ham dunyoga mashhur shaxslardan biridir. U hozirgi eng ommabop videoxosting – YouTube ma’muriyati ustidan sudga ariza topshirdi.

O‘QING: Apple asoschisi Moskvada: «Barcha ko‘zi ochiqlarni ko‘rga aylantiribmiz»

Ariza sababi – ushbu servisda Stiv Voznyak nomi bilan bog‘lagan holda firibgarlik roliklari tarqatilayotganidir. Mazkur videolavhalarda uning ishtirokidagi fotosurat va videolar qo‘llangan bo‘lib, go‘yoki u bitkoinlarni tarqatayotgandek qilib ko‘rsatilgan.

Videoda aytilishicha, agar ko‘rsatilgan hisob raqami orqali Apple asoschisiga kriptovalyuta jo‘natilsa, u ikki hissa qilib qaytarar emish. Anglab yetganingizdek, unga ishonib bitkoin yuborganlar o‘z kriptopullaridan ayrilib qolishgan.

Voznyakning ta’kidlashicha, ushbu firibgarlik holati yuzasidan u YouTube ma’muriyatiga bir necha bor murojaat etgan. Lekin kompaniya unga umuman e’tibor qaratmagan. Chunki, Apple asoschisi fikricha, servis nafaqat firibgarlik lavhalarining joylanishiga yo‘l ochib beradi, balki ularni o‘zi targ‘ib qilib, foydasiga ham sherik bo‘lyapti.

Stiv Voznyak ayni shu sababga ko‘ra YouTube’ni sudga bergan 17 nafar da’vogardan biridir. Ular lavhani videoxostingdan o‘chirtirish va foydalanuvchilarga uning firibgarlik ekanligini e’lon qildirishdan tashqari, mazkur servisga egalik qiluvchi Alphabet korporatsiyasidan jarima va tovon puli ham undirilishini talab qilishyapti.

Darvoqe, yaqindagina biz aynan shunaqa – «ahmadboycha» firibgarlik haqida yozgandikTwitter himoyasini buzib kirgan xakerlar Ilon Mask, Bill Geyts, Jeff Bezos kabilarning, shuningdek, Apple, Uber va Ripple singari kompaniyalarning akkauntlari orqali bitkoin o‘g‘irlashgandi!

O‘QING: Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!