Apple asoschisi o‘zining eng sevimli gadjetini aytdi – bu iPhone emas!

  •   DiMaX
  •  2578
  •  03.09.2019 14:00

Apple asoschisi o‘zining eng sevimli gadjetini aytdi – bu iPhone emas!

Kupertinolik korporatsiyaning asoschilaridan biri bo‘lmish Stiv Jobs – insoniyat tarixida eng taniqli shaxslardandir. Biroq kompaniyaning yana bir hammuassisi – Stiv Voznyak unchalik mashhur emas.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Kuni kecha Bloomberg nashri bilan kechgan suhbatda Stiv Voznyak o‘zining eng sevimli devaysi qaysi biri ekanligigga aniqlik kiritdi. Aytishicha, Apple Watch unga «bugungi kundagi eng sevimli texnologiya yutug‘i» ekan.

iPhone’ga tobelikka qarshi kurashishda Stiv Voznyak ushbu «aqlli» soat yordam berar ekan. Darvoqe, shu o‘rinda turli rusumlardagi Apple Watch smart-soatlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni ham mavjudligini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘QING: Apple asoschisi Moskvada: «Barcha ko‘zi ochiqlarni ko‘rga aylantiribmiz»

Stiv Voznyak pochtadagi xatlarga javob berish, yangiliklarni o‘qish kabi ishlarni MacBook orqali amalga oshirishi, Apple Watch yordamida esa Wallet aviachiptalarini olishi hamda undagi Apple Pay orqali to‘lov qilishini aytgan:

«Odatda men o‘z kompyuterimni, yo‘lda paytim esa – soatimni ishlataman. Telefondan deyarli foydalanmayman. Men narkomanlarga o‘xshab qolishni istaydigan kishilar toifasidan emasman».

Bundan tashqari, Voznyak ushbu intervyusida Apple’ning asosan servis va xizmatlar sohasiga ixtisoslashib borayotganini ma’qullagan.

O‘QING: Stiv Voznyak: Apple endi innovatsiyalarga qodir emas!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!