Apple atigi 700 dollardan boshlanuvchi narxlarda iPhone XS va iPhone XS Max sotyapti!

  •   DiMaX
  •  3732
  •  21.01.2020 13:56

Apple atigi 700 dollardan boshlanuvchi narxlarda iPhone XS va iPhone XS Max sotyapti!

iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max modellari sotuvga chiqqach, Apple ulardan oldingi iPhone XS hamda iPhone XS Max smartfonlarini savdodan olib tashlagan edi. Endi ushbu ayfonlar yana AQShda rasman sotila boshladi, tag‘in arzon narxlarda!

O‘QING: Bojxonada million dollarlik kontrabanda ayfon va boshqa Apple mahsulotlari musodara etildi

Aytish kerakki, bular – qayta tiklangan (refurbished) ayfonlar bo‘lib, Apple ularni o‘z rasmiy sayti orqali savdoga chiqargan. Hozircha ularni faqat AQShda sotib olish mumkin, kupertinoliklar ularni keyinroq boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqarishi kutilmoqda.

Narxiga keladigan bo‘lsak, ichki xotirasi 64 gigabaytlik iPhone XS uchun 700 dollar so‘rashyapti; uning 256 GBlik modifikatsiyasi 830 dollar, 512 GBligi esa 1000 dollarga narxlanmoqda. Xuddi shunday xotira variantlaridagi iPhone XS Max esa tegishlicha 800, 930 va 1100 dollardan sotuvga chiqqan.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

iPhone XS hamda iPhone XS Max modellarining ilk chiqqan paytidagi narxi bilan solishtiradigan bo‘lsak, qayta tiklangan variantlarda 300–350 dollar tejash mumkin. Apple ta’kidlashicha, smartfonlarni tashqi ko‘rinishiga qarab birlamchi ayfonlardan farqlab bo‘lmaydi.

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, xo‘sh, o‘zi qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Terabayt.uz’da ayni shu mavzuda bir qator xabar va maqolalar chiqarganmiz. Jumladan, ayni shu masalaga Apple sobiq xodimi aniqlik kiritgani, qayta tiklangan ayfonning originalidan farqlari, har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlash usuli haqida bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!