Apple bahorda katta taqdimot marosimini o‘tkazadi

Apple bahorda katta taqdimot marosimini o‘tkazadi

Apple bahordagi taqdim marosimida to‘rtta qurilmani taqdim etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, unda yangi Mac mini, iPad Air 5, iPhone SE 5G va iMac Pro qurilmalari taqdim etiladi. Shuningdek, Apple hozirgi M1 Max'dan-da ko‘ra kuchliroq bo‘lgan chipsetni namoyish etmoqchi. 

Mark Gurman ushbu taqdimot marosimiga oid bir qancha ma’lumotlarni oshkor qildi. Uning aytishicha, bahordagi tadbirda Apple yangi iPhone SE 5G modelini taqdim etadi. Odatda kompaniya bahordagi taqdimotlarni mart yoki aprel oylarida o‘tkazadi. 

Gurman hamda @dylandkt insayderi boshqa qurilmalar haqida ham ma’lumot berdi. Gurmanning ta’kidlashicha, marosimda A15 Bionic chipiga ega bo‘lgan iPad Air plansheti ham taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, yangi Mac mini va iMac qurilmalari M1 Pro chipi bilan jihozlanadi. 

Gurman M1 Max haqida hech qanday ma’lumot bermagan bo‘lsa, @dylandkt insayderi Mac mini ushbu chip bilan jihozlanishini ta’kidlamoqda. Shuningdek, insayder iMac Pro ham M1 Max chipida ishlashini aytmoqda. 

@dylandkt, shuningdek, Apple kompaniyasi iMac Pro'ga M1 Max'dan-da kuchliroq chipni o‘rnatishi haqida mish-mishlar bor ekanini aytmoqda. Kompaniya yaqinda 12 yadroli CPU'ni sinovdan o‘tkazdi. Hozirgi M1 Max esa o‘nta yadroga ega. Biroq ushbu chip haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: 3D printer orqali iPhone SE+ 5G'ning qolipi yasaldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!