Apple barcha iPhone va iPad’larga maxfiy tachpad joylagan, uni ishga tushiramiz!

  •   DiMaX
  •  1067
  •  30.10.2019 13:06

Apple barcha iPhone va iPad’larga maxfiy tachpad joylagan, uni ishga tushiramiz!

Kupertinolik gigant o‘zining smartfonlari va planshetlarida tachpad yashirib qo‘yganini bilarmidingiz? Qurilmaning modeliga bog‘liq holda, uni faollashtirishning ikki usuli bor va ularni quyida ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Qulay bo‘lishi uchun smartfon boshqaruv punktini ekranning pastiga ko‘chiramiz

Yangi modellardagi iPhone hamda iPad’larda yashirin tachpadni faollashtirish uchun virtual klaviaturadagi istalgan tugmachani bosib, ushlab turish kifoya. Ozgina vaqtdan so‘ng siz klaviaturaning barcha harf va raqamlari yo‘qolib qolganini ko‘rasiz, ekrandagi kursor esa barmog‘ingizning harakatiga mos tarzda kerakli joyga suriladi.

Nisbatan eski rusumlardagi Apple qurilmalarida esa ushbu funksiyani faollashtirish uchun virtual klaviaturadagi probel (bo‘shliq) tugmachasini xuddi shu tarzda bosib turishingizga to‘g‘ri keladi.

Virtual tachpad funksiyasi biror hujjatda, xabar matnida yoki elektron maktubda kursorni kerakli joyga tezda ko‘chirish imkonini beradi.

O‘QING: SMS-xabarlarni butunicha boshqa smartfonga ko‘chirib o‘tkazamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!