Apple baribir iPhone SE davomchisi – iPhone XE’ni chiqaryapti: narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  3580
  •  05.04.2019 10:35

Apple baribir iPhone SE davomchisi – iPhone XE’ni chiqaryapti: narx va jihatlari

Kupertinolik korporatsiyaning ixcham smartfoni – iPhone SE ko‘pchilik foydalanuvchilarga ma’qul kelgan. Apple muxlislari uning ikkinchi avlodi ham taqdim etishini anchadan buyon kutishadi va bu haqda ko‘plab rostu yolg‘on xabarlar tarqalgan.

O‘QING: iPhone SE uchinchi marta rasman sotuvga chiqdi – endi chegirma bilan!

PC-Tablet nashrining Hindistondagi Foxconn zavodiga yaqin o‘z manbasiga tayanib ma’lum etishicha, Apple mazkur modelning davomchisini chindan ham tayyorlamoqda. Yangi smartfon doriy yilning uchinchi choragida, iPhone XE nomi bilan taqdim etiladiyu

Ushbu ayfonning dizayni iPhone X va iPhone XS uslubida – u romsiz va «kemtik»li ekranga ega. AMOLED matritsali displeyning o‘lchami diagonaliga 4,8 dyuymga teng. Unda «Uyga» tugmachasi ham, barmoq izi skaneri – Touch ID datchigi ham bo‘lmaydi. Uning o‘rniga old kamerada qiyofa skaneri – Face ID ko‘zda tutilgan.

iPhone XE ham xuddi o‘z «ajdod»i iPhone SE singari, korpusi burchakli uslubda. Orqa paneli alyuminiydan ishlanganligi bois unda simsiz quvvatlash texnologiyasini qo‘llash imkoni yo‘q. Bosh kamera iPhone XR kabi yakka modulli bo‘lib, 12 megapiksellik optik datchikka va ƒ/1.8 diafragmali ob’yektivga ega.

Bu ayfonning apparat ta’minoti asosini A12 Bionic protsessori tashkil etadi. Ichki xotirasining hajmidan kelib chiqib, unga 600–800 dollar narx belgilanadi.

O‘QING: iPhone’lar ham arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing! (2019 yil 27 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.