Apple batareyadagi nosozlik sabab minglab iPhone 6S modellarini qaytarib oladi

Apple batareyadagi nosozlik sabab minglab iPhone 6S modellarini qaytarib oladi

Apple Birlashgan Arab Amirliklari hududida sotuvga chiqarilgan yirik partiyadagi (taxminan 88 700 dona) iPhone 6S smartfonlarini qaytarib oladi, deb xabar bermoqda Gagadget nashri. Ushbu holat mazkur smartfonlarga o‘rnatilgan nosoz batareyalar bilan aloqador.

Smartfon yonib ketishini kutmang

Apple BAA iqtisodiyot vazirligiga rasmiy xat bilan murojaat qilib, unda mavjud nosozlik haqida ma’lumot taqdim qilgan va iPhone 6S o‘z foydalanuvchilari uchun hech qanday xavf tug‘dirmasligini ta’kidlagan.

Defekt nimadan iborat?

Batareyadagi defekt shundan iboratki, uning zaryadi 50-60 foizga tushganda, smartfon o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi mumkin. Bunday nosozlik 2015 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Xitoyda tayyorlangan iPhone 6S partiyalarida aniqlangan. Hozircha partiyadagi smartfonlar miqdoriga aniqlik kiritilmagan. Biroq ushbu miqdor Birlashgan Arab Amirliklaridan chaqirib olinadigan 88, 700 donadan ortiqligi shubhasiz.

Ko‘riladigan choralar

Ushbu nosozlik haqida Apple 2016 yilning noyabr oyida xabar topgan. O‘shanda kompaniya Xitoyda sotilgan iPhone 6S batareyalarini bepul almashtirib berish dasturini yo‘lga qo‘ygan edi. Dastur doirasida nosoz iPhone 6S smartfonini  maxsus sayt yordamida aniqlash va batareyani istalgan rasmiy Apple servis markazlarida almashtirish mumkin bo‘lgan. Bu gal kompaniya smartfonlarni shunchaki foydalanuvchilar va rastalardan qaytarib olishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!