Apple bexosdan iPhone 8’ning virtual tugmasini namoyish qildi

Apple bexosdan iPhone 8’ning virtual tugmasini namoyish qildi

iPhone 8 flagmanining old paneli tugmasiz yirik ekrandan iborat bo‘lishi, Home apparat tugmasi endi virtual shaklda displeyning muayyan qismida barmoq izlarini tekshiruvdan o‘tkazishi to‘g‘risidagi xabarlar so‘nggi oylarda tingani yo‘q.

Apple’ning yangi avlod smartfonidagi virtual klavishning tasdiqlash tizimi bilan markazlashuviga shubha qolmayapti. 5 iyunda ish boshlagan Apple’ning WWDC 2017 xalqaro dasturchilar anjumanida kupertinolik kompaniya bu virtual tugmani tasodifan namoyish qilib qo‘yganligi aytilmoqda.

iOS 11 mobil platformasini taqdim etish chog‘ida Apple vakillari yanada tabiiy ovozga ega bo‘lgan Siri yordamchisining aqliy salohiyati oshganini ma’lum qilishdi. Endi ayfondagi o‘z foydalanuvchisini tanib, tizimga kirishga ruxsat beruvchi funksiya yordamida boshqa qurilmalarni ham nazorat qilish, ulardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, Siri assistenti Safari, Yangiliklar, Pochta, Xatlar kabi ilovalardan foydalanish tarixidan kelib chiqib, foydalanuvchiga muayyan saytlarni yoki mavzularni taklif qiladi. Misol uchun, ko‘rilgan saytlardan kelib chiqib virtual yordamchi egasini qaysi joy yoki mavzular qiziqtirishini bilib olib, joriy qilingan matnli qidiruv chog‘ida ularni taklif qiladi.

Siri shu taxlit sekin-asta iOS operatsion tizimiga bosh-qosh sun’iy aql funksiyasiga aylanadi. Buning uchun esa, taqdimotda namoyish qilinganidek, ovozli yordamchining interfeysi yangi avlod ayfonlariga mo‘ljallab ishlab chiqilgan.

Quyidagi — taqdimot chog‘ida namoyish qilingan Siri spikerining faoliyatiga oid suratda Siri va foydalanuvchi o‘rtasidagi suhbatdan parcha namoyish qilingan.

Ekranning quyi qismidagi to‘lqinsiman rangli shakl internet foydalanuvchilarning diqqatini tortmoqda. Ko‘pchilik katta ehtimol uni iPhone 8’ning virtual “home” tugmasi deb atamoqda.

Eng ahamiyatli jihati — bu ramz (ikonka) dumaloq shaklda, o‘lchami esa hozirgi moddiy tugma singari.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!