Apple bilan Qualcomm o‘zaro yarashib, Intel va Huawei’ni «o‘yindan chiqarishdi»

  •   DiMaX
  •  1012
  •  17.04.2019 18:12

Apple bilan Qualcomm o‘zaro yarashib, Intel va Huawei’ni «o‘yindan chiqarishdi»

Kupertinoliklar kelajak ayfonlari uchun 5G-modemlarni kimdan olishni bilmay boshi qotgandi: Apple bilan sudlashib yurgan Qualcomm unga Snapdragon X55 chipini sotmayotgandi, Samsung esa modemlarini o‘zining Galaxy S10 5G superflagmanidan orttira olmasligini aytgan.

O‘QING: Apple kelajak iPhone’lari uchun 5G-modemlarni AQShning dushmanidan olmoqchi!

Shu orada Huawei o‘z strategiyasini o‘zgartirgan – rekord darajada tezkor Balong 5000 rusumli 5G-modemlarini sotishga rozi ekanini, lekin faqatgina Apple’ga modem yetkazib berishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Endi esa Apple hamda Qualcomm orasidagi patentlar va litsenziyalarga doir uch yillik bahslarga yakun yasab, o‘zaro yarashib olishdi. Shu tariqa, 2020 yildan boshlab chiqariladigan ayfonlar Qualcomm kompaniyasining 5G-chiplari bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Ammo bu yarashuv mashhur chipsoz – Intel kompaniyasiga qimmatga tushdi: u 5G-modemlar yo‘nalishidagi ishlanmalarini to‘xtatganini ma’lum qildi. Chunki u Apple’dan o‘z chiplari uchun yirik miqdorda buyurtma olish umidida edi-da.

O‘QING: «Jonli» video: Galaxy S10 5G tezligi va boshqa xususiyatlarini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!