Apple Bionic A16 qanchalik kuchli chipset?

Apple Bionic A16 qanchalik kuchli chipset?

Yaqinda taqdim etiladigan iPhone 14 seriyasi ikki guruhga bo‘linadi: biri A16 chipset, takomillashgan kamera va displeyga ega bo‘ladigan Pro modellar, ikkinchisi esa eski A15 chipi va 12MP kamerlar bilan jihozlanadigan oddiy modellar. 

Hozirgi iPhone 13 seriyasining ishlash jihatida ham kichik tafovut mavjud - oddiy modellar 4 yadroli GPU, Pro modellar 5 yadroli GPU'ga ega. Bundan tashqari, oddiy modellari 4GB tezkor xotira, Pro modellar esa 6GB (ikkalasida ham LPDDR4X) xotiraga ega.

iPhone 14 va 14 Max modellari A15 chipsetining 5 yadroli GPU versiyasi, shuningdek, 6GB LPDDR4X tezkor xotira bilan jihozlanishi kutilmoqda, shuning uchun unumdorlik jihatidan ular joriy modellardan kuchliroq bo‘ladi.

Birdan savol tug‘iladi - iPhone 14 Pro va 14 Pro Max qurilmalarining unumdorlik darajasi qanday bo‘ladi? Macworld bu savolga yechim topishga harakat qilmoqda. E’tiborga olish kerak bo‘lgan birinchi narsa shundaki, yangi A16 chiplari TSMCʼning 4 nanometrli jarayon asosida ishlab chiqariladi, bu 5 nanometrli A15 chipiga qaraganda o‘sishni bildirsa-da, lekin buni to‘liq yangilanish deb bo‘lmaydi.

Yangi A16 chipida tranzistor soni 15 milliarddan 18-20 milliardga oshadi. Kompaniya ARMv9'ga o‘tish orqali chipning unumdorlik darajasini yanada oshiradi. ARM, masalan, Cortex-A715 va X3 yadrolari yordamida bir qancha o‘sishlarga erishdi.

Umuman olganda, protsessor unumdorlik darajasi 15% ga oshishi kutilmoqda. Apple chipdagi eski konfiguratsiyani saqlab qolishi aytilmoqda (2 katta, 4 kichik yadro).

Yangi operativ xotiraga o‘tish ham smartfonlarning unumdorlik darajasini oshiradi. DigiTimes'ning xabar berishicha, iPhone 14 Pro va 14 Pro Max yangi LPDDR5 xotira turidan foydalanadi, bu LPDDR4X'ga qaraganda 50% ko‘proq signal o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, tejamkorlik ham yaxshilanadi. Ammo ikkala model ham 6GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Demak, xotira sig‘imi bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmaydi. 

GPU imkonlariga kelsak, prognozlar shuni ko‘rsatadiki, Apple chipni juda katta kattalashib ketmasligi uchun uning yadrolar sonini beshtaligicha saqlab qolmoqchi. Biroq bunday holatda ham GPU unumdorligi 25-30% ga oshishi kutilmoqda.

Kompaniya, shuningdek sun’iy intellekt va tasvir signali protsessorini ham takomillashtirishi zarur. Chunki 14 Pro va 14 Pro Max modellarining kamerlar rezolyutsiyasi 48 megapikselga o‘tishi hamda 8K video yozishni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. O‘z navbatida, Cinematic rejimda videoga olishda tasvir sifati 1080p formatdan 4K formatga oshadi.

Apple yaqin yillardan buyon Qualcomm modemlariga bog‘lanib qolgan, shuning uchun A16 chipseti Snapdragon X65 modemi bilan birlashtiriladi. Oddiy iPhone 14 modellariga ham yangi modem o‘rnatiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

O‘QING: MIUI 14 grafik qobig‘iga qanday yangi funksiyalar qo‘shiladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.