Apple biryo‘la naq 11 ta yangi iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi!

  •   DiMaX
  •  2457
  •  24.05.2019 13:31

Apple biryo‘la naq 11 ta yangi iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Kupertinolik korporatsiya kelasi oyning boshida WWDC 2019 konferensiyasini o‘tkazadi. Ammo uning ko‘pchilik uchun eng qiziqarli tadbiri – smartfonlar taqdimoti kuzda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: 3 iyundagi «katta namoyish»ida Apple nimalarni taqdim etyapti?

2019 yili taqdim etilishi kutilayotgan ayfonlar Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Bu – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qarashli, doimiy asosda ishlovchi muvofiqlashtiruvchi organdir. Uning vakolat va vazifalari doirasiga tegishli hududlarda sotiladigan gadjetlarni ro‘yxatga olish ham kiradi.

Xullasi kalom, ushbu tashkilotda naq o‘n bitta modelda Apple smartfonlari ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘ldi. Ular A2111, A2160, A2161, A2215, A2216, A2217, A2218, A2219, A2220, A2221 va A2223 kodlari ostida kelmoqda. Afsuski, ushbu iPhone’larning aniq nomlari va texnik xususiyatlari aks ettirilmagan.

Tabiiyki, bu yilgi iPhone modellari soni o‘n bittaga bormaydi – mish-mishlarga ko‘ra, Apple uchta yangi modelda smartfon taqdim qiladi. YeIK saytida sanab o‘tilganlari esa ularning turli modifikatsiyalari bo‘lsa kerak.

Hozirgacha chiqqan aksariyat iPhone’larni esa 2 921 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!