Apple bloklagan Fortnite o‘yinini iPhone va iPad’larga qaytarish yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  505
  •  06.11.2020 15:11

Apple bloklagan Fortnite o‘yinini iPhone va iPad’larga qaytarish yo‘li topildi!

Bir necha oy avval ikkita yirik texnologik kompaniya – Epic Games hamda Apple o‘rtasida ziddiyat boshlangan, unga eng yirik yirik nashrlar ham qo‘shilgan. Bu mashmashalar Fortnite o‘yinining komissiyalarni chetlab o‘tishga uringani uchun App Store’dan chiqarilib yuborilishidan boshlangan edi.

O‘QING: Telegram asoschisi Apple va Google’ni jiddiy ayblab, ularning gegemonligini to‘xtatish yo‘lini ko‘rsatdi

Ushbu mojarolar tufayli Apple o‘ta ommabop Fortnite o‘yinini o‘zining App Store ilovalar do‘konidan olib tashlagan. Lekin dasturchilar iPhone hamda iPad egalariga ushbu bloklangan o‘yinni qaytarib berish yo‘lini topishgan ko‘rinadi.

Gap shundaki, NVIDIA kompaniyasi o‘zining GeForce Now nomli «bulutli» servisini ishga tushirgan va uning turli platformalarga mo‘ljallangan ilovalari ham ishlab chiqilgan. O‘yinlarni server orqali o‘ynashga mo‘ljallangan ushbu servisning aynan iOS-versiyasi hozircha tayyor emas, lekin u «bayram mavsumi boshlanmasidanoq», ya’ni – noyabrning oxirigacha chiqadi, demoqda kompaniya.

GeForce Now «bulutli» servisi ayni damda macOS, Windows, Android hamda Chrome OS operatsion tizimlari uchun taqdim etilgan. Qurilmangiz platformasiga qarab, ularning keraklisini mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Activision yana ikkita jangovar o‘yinni smartfonlarga ham chiqaryapti! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!