Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

  •   DiMaX
  •  6784
  •  25.02.2020 18:17

Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri Uorren Baffett bo‘lib, u Apple’ning eng ko‘p – 5,6 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Shuningdek, bu milliarder bir vaqtlari naq Stiv Jobs’ni Apple’dagi ishidan bo‘shatgani bilan ham mashhur!

O‘QING: Stiv Jobsni ishdan haydagan investor Apple'da eng ko‘p daromad qildi

89 yoshli ushbu biznesmen 87,5 milliard dollarlik sarmoyasi bilan Forbes reytingida uchinchi o‘rinda turadi. Kuni kecha CNSC telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Uorren Baffett yaqin-yaqinlargacha tugmachali telefon ishlatib kelgan! Bu – 2010 yili taqdim etilgan Samsung Haven rusumli «raskladushka» bo‘lib, quyidagicha ko‘rinishga ega:

Uorren Baffett endigina smartfon ishlata boshlagani va bu – Apple’ning o‘n birinchi avlod ayfoni ekanini aytgan. Biroq u qurilmaning modeliga aniqlik kiritmagan – bu iPhone 11, iPhone 11 Pro yoki iPhone 11 Pro Max bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Tramp yangi iPhone’larning noqulayligini tanqid qilib Tim Kukka yozdi

Baffett bu ayfonni o‘zi xarid qilmagani, balki sovg‘aga olganini ham ta’kidlagan. Aytish kerakki, shu kungacha bir necha kishi, shu jumladan Apple rahbari Tim Kuk ham unga turli iPhone’lar hadya etishgan. 2018 yili Bloomberg TV kanalida Kuk hatto, milliarder yashayotgan Omaxaga uchib borib, uning tugmachali telefondan ayfonga o‘tishi uchun shaxsan o‘zi texnik xizmat ko‘rsatishga ham tayyor ekanini aytgan edi.

Shunisi ham borki, eng zamonaviy smartfonni ishlata boshlagani bilan, Baffett uning bittagina funksiyasidan foydalanishini tan olgan. Ya’ni, dunyoning eng badavlat kishilaridan biri turli imkoniyatlarga boy iPhone’ni faqatgina telefonda gaplashish uchun ishlatyapti!

Baffetda yana iPad ham mavjud bo‘lib, undan ikkitagina maqsadda foydalanadi: kompaniyalar haqidagi yangiliklarni o‘qish hamda aksiyalar kotirovkalarini kuzatib borish. Qoyilmisiz?

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!