Apple butkul yangi operatsion tizimi nomini tasodifan e’lon qilib, so‘ng yashirib qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  575
  •  03.06.2021 16:47

Apple butkul yangi operatsion tizimi nomini tasodifan e’lon qilib, so‘ng yashirib qo‘ydi!

Kupertinolik kompaniya o‘zining smartfonlari, planshetlari, aqlli soatlari va televizorlari uchun alohida-alohida operatsion tizimlar taqdim etgan. Yaqin orada ular safiga yana bir – homeOS nomli tizim ham qo‘shiladigan ko‘rinadi.

O‘QING: Bo‘lar ekan: iPhone 12 xaridori sudda Apple’ni mag‘lub qildi!

Apple vakansiyalari ro‘yxatida ochilgan yangi vakansiyada nomzodning iOS, watchOS, tvOS hamda homeOS tizimlari bilan ishlashi yozilgan. Bu yerdagi so‘nggisi shu paytgacha noma’lum edi; nomiga qaraganda, uni uy elektronika jihozlarida qo‘llashadi.

Mazkur vakansiya e’lon qilingach, undagi «homeOS» nomini payqab qolgan nashrlar buni yangilik sifatida yoza boshlaganlar. Shundan so‘ng Apple o‘z xatosini tushunib qolib, uni aqlli kolonka nomiga – «HomePod» so‘ziga almashtirib qo‘ygan.

Demak, ikki variantdan biri: yo Apple chindanam shunaqa tizim tayyorlayapti va buni hozircha oshkor qilmoqchi emas; yoki texnik xato tufayli «HomePod» o‘rniga «homeOS» yozib yuborishgan bo‘lgan. Biroq ushbu so‘zning ikki marta ishlatilganligi, shuningdek, gadjetlar qatorida emas, balki operatsion tizimlar safida sanab o‘tilganligi birinchi variantning haqiqatga yaqinligiga ishora qiladi.

O‘QING: HomePod smart-kolonkasi kamerasiz ham egasining yuzini va qo‘l ishoralarini taniydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!