Apple Car qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi!

Apple Car qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi!

Apple o‘zining bo‘lajak elektromobilini chiqarish muddatini, hamda, u bilan bog‘liq ulkan rejalarini ortga surdi deya xabar bermoqda Bloomberg nashri o‘z manbalariga asoslanib. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning "Titan" kod nomli mashina loyihasi kelajagi so‘nggi oylarda noma’lum bo‘lib qolgan, chunki Apple rahbarlari Apple Car bilan bog‘liq rejalarni hozirgi texnologiyalar bilan amalga oshirishga ko‘zlari yetmayapti.

Kupertinolik kompaniya o‘zining ilk avtomobilini 5-darajali avtonomlik yoxud o‘zini o‘zi boshqarish texnologiyasining eng yuqori cho‘qqisi bilan tasavvur qilayotgan edi. Aytish kerakki, hali hech qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi bu darajadagi yetmagan. Endilikda esa, kompaniya bu rejalaridan voz kechmoqda va "an’anaviy rul-pedallarni o‘z ichiga oladigan va faqat avtomagistrallardagina to‘liq avtonom imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, qolaversa, ortiqcha dabdalarsiz dizaynga ega mashina chiqarishni rejalashtirmoqda" deydi ma’lumotlar maxfiy bo‘lgani uchun shaxsini oshkor qilmaslikni so‘ragan odamlar.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple o‘z avtomobillarini taxminan to‘rtta eng yuqori darajadagi Mac chiplari birlashtirilgan "Denali" nomli texnologik tizim bilan quvvatlantirishni rejalashtirmoqda. Tesla'dan farqli o‘laroq, Apple'ning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi lidar va radar sensorlariga tayanishi ham aytilmoqda. Qo‘shimchasiga Apple favqulodda vaziyatlarda haydovchiga yordam berish va avtomobilni uzoqdan boshqarish uchun "masofaviy boshqaruv markazi" g‘oyasini ham o‘rganmoqda.

Apple Car endi 2025-yilda 120 ming emas, balki 2026-yilda 100 ming dollardan kamroq narxda chiqarilishi kutilmoqda.

O‘QING: Global elektromobillar bozorida "qirol" kim? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!