«Apple Car’dan qo‘rqadigan joyimiz yo‘q!»: Volkswagen’ning shashti baland

  •   DiMaX
  •  538
  •  15.02.2021 11:35

«Apple Car’dan qo‘rqadigan joyimiz yo‘q!»: Volkswagen’ning shashti baland

Avvalroq biz Apple joriy yilda iPhone 13 bilan birga o‘zining elektromobilini ham namoyish etishi mumkinligi haqida yozgan edik. Insayderlar kompaniyaning ichki hujjatlarini qo‘lga kiritishgan – ularda Apple Car ustidagi ishlar ham eslab o‘tilgan. Shu xabarlar ortidan...

O‘QING: Apple aksiyalari rekord darajada qimmatlashdi, lekin sababi smartfon emas!

Kuni kecha esa Nissan kompaniyasi elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha kupertinoliklar bilan hamkorlikka kirishishga tayyorligini aytgan edi. Umuman, mashinasozlik sohasiga Apple ham kirib kelishi ko‘pdan beri aytilib kelayotgan bo‘lsa-da, uning o‘zi bu boradagi rejalarini hozircha sir tutmoqda.

Reuters agentligining yozishicha, Volkswagen Group bosh direktori Gerbert Diss (Herbert Diess) kuni kecha Apple Car chiqishidan qo‘rqmasligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, 2 trillion dollarlik aylanmaga ega bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatidan Apple bir harakat bilanoq o‘zib keta olmaydi.

Apple o‘zining birinchi haydovchisiz avtomobili haqidagi mish-mishlarga hozircha biror izoh bermayapti. Lekin bu gap-so‘zlarning mantiqiy asosi mavjudligiga Gerbert Diss ishonchi komil. Volkswagen Group bosh direktori so‘zlariga ko‘ra, kupertinolik korporatsiya akkumulyator texnologiyalari, dasturiy ta’minot hamda dizayn sohalarida tajribaga ega va ularni o‘z elektromobilini yaratishda qo‘llashi mumkin. Shunga qaramay, avtomobilsozlik bozoriga Apple’ning kirib kelishi bu yerda yetakchilardan bo‘lmish Volkswagen’ga salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Darvoqe, 2020 yili eng ko‘p sotilgan o‘nta elektromobil ro‘yxati, oxirgi uch yillikda O‘zbekistonga elektromobil importi ko‘rsatkichlari hamda Porsche elektrokari tezlik bo‘yicha jahon rekordini yangilagani videosi ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!