"Apple, chetga o‘t!": Huawei yangi flagman taqdim etdi (+fotogalereya)

Avval kutganimizdek, kecha Huawei o‘zining yangi flagman mahsulotini planshet segmentida rasmiy ravishda taqdim etdi - u Huawei MatePad Pro bo‘lib chiqdi. Yangilik o‘zining ajoyib imkoniyatlari bilan hayratga soladi (elektron qalam, 5G texnologiyasi va yuqori darajadagi platforma) va raqobatchi sifatida Apple'ning flagman plansheti - iPad Pro'ni nishonga olgan.Huawei MatePad Pro Kirin 990 platformasida qurilgan, ammo yuqori versiyadagi SoC Kirin 990 5G'dan foydalanilgan. Planshet ushbu versiyasining o‘ziga xos xususiyati allaqachon aniq - 5G texnologiyasi.540 cd/m² yorqinlik va 1500:1 qarama-qarshi nisbati bilan ajralib turadigan, DCI-P3 rang maydonini qamrab oluvchi, 2K kenglikdagi va 10,8 dyuymli displey old panelning 90 foizini egallaydi. Taqqoslash uchun, iPad Pro Pro‘da displey 84,6% ni, Samsung Galaxy Tab S6 esa 83% ni egallaydi.Ekranning ramkasi 5 mm dan oshmaydi, korpusning ramkasi esa magniy qotishmasidan tayyorlangan. Huawei'dagilar ergonomika ustida yaxshi ishlaganliklarini aytishmoqda, shuning uchun, model katta o‘lchamdaligiga qaramasdan, uni qo‘lda ushlab turish juda qulay bo‘ladi.Huawei MatePad Pro nafaqat 15 vatt simsiz zaryadlashni qo‘llaydigan kamyob planshetlardan, balki 7,5 vatt teskari simsiz zaryadlashni ham qoyillatadi! Simli quvvatlanish esa 40 vattni tashkil etadi, 7250 mA/soat quvvatga ega batareyani zaryadlash uchun bu hajm ma’qul hisoblanadi.Yangilik haqiqiy stereoni ta’minlash maqsadida nafaqat kuchli platformani, balki to‘rt karnay ko‘magidagi sifatli ovozni ham o‘zida aks ettirgan. Ular beshta mikrofon bilan to‘ldirilib, korporativ ovoz yordamchisiga berilgan buyruqlarni aniqroq idrok etishni ta’minlaydi.Huawei MatePad Pro Android 10'ning EMUI 10 interfeysi bilan ishlaydi. Ammo, yangi qurilmaning xususiyatlariga ko‘ra biroz o‘zgartirilgan.Masalan, ekranni uch qismga bo‘lish imkonini mavjud - bu hujjatlar bilan ishlash va xatlarni yuborishda qulay. Shuningdek, “Multi-screen collaboration“ rejimi mavjud bo‘lib, bu sizga smartfon ekranini planshet ekranida aks ettirish va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri planshet orqali boshqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, fayllarni bir qurilmadan boshqasiga o‘tkazishda ham juda qulay.O‘rnatilgan Huawei M-Pencil stilusi sizga ekranda chizish (4096 darajaga qadar aniqlik) va qo‘lda yozuvlarni yozishga imkon beradi. Talablarga binoan, yangilik mexanik tugmachali Bluetooth klaviaturasi va magnit biriktirgich moslama bilan to‘ldirilishi mumkin.

Huawei MatePad Pro'ning odatiy versiyalari yaqin orada sotuvga chiqadi, ammo Huawei MatePad Pro 5G versiyasi faqat kelasi yilning birinchi choragida sotuvga chiqariladi.Narxlarga kelsak, ular quyidagicha ko‘rinishga ega:

•MatePad Pro 6 Gb tezkor xotira, 128 Gb flesh-xotira, Wi-Fi - 470 dollar;
•MatePad Pro 8 Gb tezkor xotira, 256 Gb flesh-xotira, Wi-Fi - 570 dollar;
•MatePad Pro 6 Gb tezkor xotira, 128 Gb flesh-xotira, LTE (4G texnologiya) - 540 dollar;
•MatePad Pro 8 Gb tezkor xotira, 256 Gb flesh-xotira, Wi-Fi - 640 dollar.

Aksessuarlarning narxlari esa quyidagicha:
•Sumka va chexol-g‘ilof - 30 dollar;
•M-Pencil — 70 dollar;
•Bluetooth klaviatura — 100 dollar.

O‘QING: Myunxendagi maxfiy uchrashuv: Huawei nega xakerlarning har biriga 200 000 yevrogacha va’da qildi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!