Apple «damini olsin» – geymerlar uchun Qualcomm flagmani asosida qudratli Android-planshet chiqyapti

  •   DiMaX
  •  623
  •  22.06.2021 15:56

Apple «damini olsin» – geymerlar uchun Qualcomm flagmani asosida qudratli Android-planshet chiqyapti

Planshetlar bozorida yetakchi Apple ekanligini va dunyodagi eng ommabop uchta iPad rusumini yaqindagina e’lon qilgan edik. Lekin tez orada Android tizimli planshetlar ham ommalashuvini kutish mumkin.

O‘QING: iOS 15 hamda iPadOS 15 taqdim etildi: yangilanuvchi iPhone va iPad’lar ro‘yxatlari

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station ma’lum qilishicha, ishlab chiqaruvchilardan biri Snapdragon 800-seriyadagi flagman protsessor asosida o‘yinbop planshetni ommaviy ishlab chiqarishga kirishgan. Mazkur mahsulot yana kadr yangilanishi 120 yoki 144 gerslik IPS-displeyga hamda 100 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ham ega, deb yozadi u.

Afsuski, geymerbop baquvvat planshetni aynan qaysi kompaniya tayyorlayotgani masalasi hozircha ochiq qolgan. Internetda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, bu A-brendlardan biri, ya’ni Samsung, Huawei yoki Lenovo bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!