Apple dekabr oyi oxirida eng ko‘p sotilgan iPhone'ni eskirgan smartfonlar ro‘yxatiga kiritadi

Apple dekabr oyi oxirida eng ko‘p sotilgan iPhone'ni eskirgan smartfonlar ro‘yxatiga kiritadi

Apple 31-dekabr sanasida iPhone 6 Plus smartfonini rasman eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritadi. Biroq Apple Store va Apple servis provayderlari smartfonga xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi. Albatta, bu qo‘shimcha ehtiyoj qismlarining yetarliligiga bog‘liq bo‘ladi. 

2014-yil sentyabr oyida taqdim etilgan iPhone 6 va iPhone 6 Plus kompaniya tarixdagi eng ko‘p sotilgan Apple smartfonlari hisoblanadi. Ushbu ikki qurilma 4.7 va 5.5 dyuymli displeylar bilan jihozlangan. Shuningdek, ular Apple Pay tizimini qo‘llab-quvvatlovchi birinchi Apple smartfonlari bo‘lgan. 

iPhone 6 Plus'ni ishlab chiqarish 2016-yilda to‘xtatilgan edi. iPhone 6 esa ba’zi hudud bozorlarida 2018 yilgacha sotilgan. Ushbu smartfonni ishlab chiqarish bundan besh yil oldin to‘xtatilgan, biroq undan hozir ham foydalanib kelinadi. 

iOS 13 operatsion tizimidan so‘ng, Apple rasman iPhone 6 va 6 Plus smartfonlarini dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni butunlay to‘xtatgan edi. 

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android-smartfonlar ikkita reytingda (AnTuTu, 2021 yil noyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!