Apple dekabrdagi taqdimotiga taklif etyapti: unda nimalarni ko‘ramiz?

  •   DiMaX
  •  898
  •  19.11.2019 13:03

Apple dekabrdagi taqdimotiga taklif etyapti: unda nimalarni ko‘ramiz?

Kupertinolik korporatsiya ommaviy axborot vositalari xodimlariga 2 dekabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan tadbiri taklifnomasini tarqatmoqda. Undagi ma’lumotga ko‘ra, anjuman «2019 yilgi sevimli o‘yinlar va ilovalar»ni taqdirlashga bag‘ishlanadi.

O‘QING: Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

Qizig‘i shundaki, Apple avval hech bunaqa tadbir o‘tkazmas edi, shu bois mazkur anjumandan har narsa kutish mumkin. Kompaniya odatda har gal dekabrning boshida yilning eng yaxshi ilova va o‘yinlarini e’lon qilib qo‘yaverar edi. Aftidan, kupertinoliklar bu gal to‘laqonli taqdirlash marosimini uyushtirishga va unda qandaydir yangi mahsulot namoyishini ham o‘tkazishga qaror qilishgan.

Marosimda qandaydir qurilma taqdim etiladimi-yo‘qmi – bu xususda hozircha ma’lumot yo‘q. Ehtimol, tadbir asosan Apple’ning raqamli ko‘ngilochar mahsulotlar yo‘nalishidagi yutuqlariga bag‘ishlanar.

O‘QING: Apple anchadan beri tayyorlayotgan bestsellerini yopiq taqdimotda ko‘rsatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.