Apple Design Awards 2019: yilning eng zo‘r ilovalarini yuklab oling (+video)

  •   DiMaX
  •  961
  •  06.06.2019 17:00

Apple Design Awards 2019: yilning eng zo‘r ilovalarini yuklab oling (+video)

WWDC 2019 ko‘rgazmasi doirasida Apple Design Awards 2019 mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, kupertinolik korporatsiya o‘z platformalari uchun ishlab chiqilgan eng yaxshi ilovalarni e’lon qildi.

O‘QING: «Youth mobile» tanlovida g‘olib TATU talabasi 12,5 million so‘m mukofot oldi

Shunday qilib, Apple nazdida quyidagilar bu yilning eng yaxshi ilovalari sifatida e’tirof etilgan:

  1. Ordia – «bitta barmoqqa mo‘ljallangan» platformer.
  2. Flow by Moleskine – qaydlar yaratish ilovasi.
  3. The Gardens Between – vaqtni boshqarishga bog‘liq jumboqli o‘yin.
  4. Asphalt 9: Legends – poyga arkadasi.
  5. Pixelmator Photo – grafik muharrir.
  6. ELOH – chiroyli interfeysga ega jumboqli o‘yin.
  7. Butterfly iQ – Ultrasound – ultratovushli diagnostika (UZI) qurilmalari bilan ishlash uchun FDA tomonidan ma’qullangan dastur.
  8. Thumper: Pocket Edition – heavy-metal ishqibozlariga mo‘ljallangan o‘yin.
  9. HomeCourt – The Basketball App – basketbolichilarning mashqlariga mo‘ljallangan ilova.

Payqaganingizdek, Apple mahsuloti bo‘lgan qurilmangiz orqali kirib, yuqoridagi ilovalardan istalgan birining nomidagi havola orqali uni yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Yetakchi dasturchilar yilning eng zo‘r o‘yinlari reytingini e’lon qilishdi (+video)

Sovrindor ilovalar haqidagi postni App Store do‘koni o‘zining rasmiy Twitter sahifasida e’lon qilgan:

Xo‘sh, siz bularning qaysilaridan foydalanasiz?

O‘QING: Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.