Apple dunyoning eng nufuzli brendi deb topildi

Apple dunyoning eng nufuzli brendi deb topildi

World Brand Lab mutaxassislari joriy yil uchun jahonning eng nufuzli brendlari ro‘yxatini tuzishdi, reytingda Apple kompaniyasi birinchi o‘rinda kelmoqda, deb xabar bermoqda Regnum nashri.

Jahondagi eng nufuzli 500 ta kompaniya reytingini tuzish jarayonida tahlilchilar brendning bozordagi ulushi, jahon bozoridagi yetakchiligi va mijozlar sodiqligini hisobga olishgan. IT-gigantlar 50 ta boshqa soha (energetika, avtomobilsozlik, media va boshqa) firmalarini ortda qoldirib, reytingning eng yuqori pog‘onalarini band etishgan.

Ro‘yxatdagi eng nufuzli 500 ta kompaniyalari orasida 227 ta brend AQShdan, 36 tasi esa Xitoydan. Ro‘yxatga jami 28 ta mamlakat brendlari kiritilgan. Xitoyning Haier, Tencent, China Mobile, Huawei va Lenovo brendlari kuchli yuzlikdan joy olganlar.

Interbrand kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ayni shunday tadqiqotda (kompaniyalarning intellektual mulki baholangan) ham Apple 178,1 mlrd dollarlik natija bilan birinchilikni saqlab qolgan.