Apple endi dunyoning eng boy kompaniyasi emas

Apple endi dunyoning eng boy kompaniyasi emas

Microsoft kompaniyasi Apple'ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Bu haqida Meduza'ga tayanib Daryo xabar bermoqda

O‘QING: Facebook nomini o‘zgartirdi. Endi u qanday ataladi? 

29 oktabrdagi savdolarda Microsoft aksiyalari 1 foizdan ortiqqa qimmatlagani sabab kompaniyaning umumiy kapitalizatsiyasi 2,46 trillion dollardan oshib ketgan. O‘z navbatida, Apple aksiyalari taxminan 4 foizga tushib ketdi: kompaniyaning qiymati 2,41 trillion dollarni tashkil etmoqda. 

Microsoft aksiyalari so‘nggi chorak bo‘yicha yaqinda chiqqan hisobot fonida ko‘tarilmoqda — kompaniya daromadi tarixiy rekordini o‘rnatgan. Tahlilchilarning hisoblashicha, yil oxiriga qadar natijalar tez rivojlanayotgan bulutli biznes hisobiga yaxshilanadi. 

Apple'ning chorak hisobotlari esa tahlilchilar kutganidan ham yomon bo‘lib chiqqan. 

Ma’lumot uchun, 2021 yil boshidan buyon Microsoft qiymati qariyb 50 foizga o‘sgan bo‘lsa, Apple'da ushbu ko‘rsatkich 16 foizni tashkil etdi. So‘nggi o‘n yillik ichida Microsoft eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida Apple'ni bir necha bor ortda qoldirdi, ammo bu har safar uzoq muddat davom etmagan. Shu kabi holat so‘nggi bor 2020 yilning yozida qayd etilgandi. 

O‘QING: Kim Forbes reytingi tarixidagi eng boy odamga aylandi? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!